Infinix foydalanish shartlari

INFINIX’ga xush kelibsiz! Ushbu veb-saytdan foydalanish sizning ushbu Foydalanish shartlariga amal qilish majburiyatini olganligingiz anglatadi.

I.  Shartlarni qabul qilish

Ushbu Foydalanish shartlari ("Shartlar") siz va Infinix Inc., shu jumladan uning filiallari va sho‘balari ("Infinix", "biz" yoki "bizning") o‘rtasida, qonun bilan ruxsat etilgan maksimal darajada, xususan, http://infinixmobility.com/ ("Sayt") da joylashgan rasmiy veb-saytga kirish yoki undan foydalanishga nisbatan qo‘llaniladi. Sizga shuni eslatib o‘tamizki, Saytga kirish yoki undan foydalanishdan oldin, ushbu Shartlarni diqqat bilan o‘qib chiqing va ularni tushunib oling. Qabul qilish tugmasini bosish yoki Saytdan har qanday alfozda foydalanish orqali siz ushbu Shartlarga qonuniy ravishda amal qilish majburiyatini olganligingizni ko‘rsatasiz. Agar ushbu Shartlarni qabul qilmasangiz, Saytga kira olmaysiz yoki undan foydalana olmaysiz.

Saytning muayyan funksiyalaridan foydalanganingizda yoki saytdan materiallarni yuklab olayotganingizda sizga ushbu Shartlardan tashqari yana qo‘shimcha shartlar yoki qoidalarga bo‘ysunishingiz talab qilinishi mumkin. Agar siz ushbu qo‘shimcha shartlar yoki qoidalarni qabul qilmasangiz, saytning ushbu funksiyalaridan foydalanmasligingiz kerak.

II.  Shartlarga o‘zgartirish kiritish

Biz Shartlarni va Saytga yoki uning biror bir qismiga ("yangilamalar") kirishingizni istalgan vaqtda ogohlantirishsiz yangilash, o‘zgartirish, to‘ldirish, o‘chirish, to‘xtatib turish yoki bekor qilish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz vasiz ushbu yangilanishlarni doimiy ravishda tekshirib turishingiz kerak. Ushbu yangilanishlar chop etilgandan so‘ng kuchga kiradi va bunday yangilanishlar joylashtirilganidan keyin Saytdan foydalanishda davom etishingiz Shartlarning yangi versiyasini qonuniy ravishda qabul qilganligingizni anglatadi.

III.  Kontent

Saytda mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlar, shu jumladan, kompyuter kodlari, chizmalar, matnlar, foydalanuvchi interfeyslari, vizual interfeyslar, rasmlar, ovozli fayllar, videolar, musiqiy fayllar, badiiy asarlar, belgilar, logotiplar ("Kontent"), Infinix yoki uning litsenziyarlariga tegishli, shu jumladan Kontentning ko‘rinishi, aurasi, dizayni, namoyishi, konstruksiyasi, tanlovi, tarkibiy tuzilishi va tashkil etilishi ham. Infinix yoki uning litsenziyarlari tegishli mualliflik huquqi, patent va savdo belgisiga oid qonunlar va me’yorlar hamda boshqa intellektual mulk va adolatsiz raqobatga oid qonunlar va me’yorlarning muhofazasida bo‘lgan Kontentning barcha qonuniy huquqlariga, maqomiga va manfaatlariga egalik qiladi.

IV.  Saytdan foydalanishga nisbatan cheklov

Infinix sizga ushbu Shartlarga rioya qilish sharti bilan Saytga va Kontentga faqat shaxsiy va notijorat maqsadlarda kirish va undan foydalanish uchun shaxsiy, eksklyuziv bo‘lmagan, boshqa o‘tkazib bo‘lmaydigan, bekor qilinishi mumkin bo‘lgan va cheklangan litsenziyani taqdim etadi. Infinix yoki uning litsenziyarlarining oldindan yozma ruxsatisiz Saytga kiritilgan har qanday axborotdan fotonusxa ko‘chirish, ko‘paytirish, qayta tarqatish, qayta nashr etish, sotish, translyatsiya qilish, yuklash, chop etish, ommaviy ravishda namoyish etish, shifrlash, tarjima qilish, uzatish yoki ramkaga solish ta’qiqlanadi. Siz sayt infratuzilmasiga yoki Saytga ulangan har qanday tizimga asossiz o‘ta katta yuklama yuklamaslikka va saytda mavjud bo‘lgan har qanday qismni yangiliklar guruhlariga, elektron pochta orqali reklama tarqatmalariga yoki elektron e’lonlar taxtalariga tarqatmaslik majburiyatini olasiz. Siz Kontentning har qanday qismiga har qanday alfozda o‘zgartirish kiritish, uni tahrirlash, o‘zgartirish yoki unga qo‘shimcha qo‘shish huquqiga ega emasligingizni qabul qilasiz.

Bundan tashqari, siz Saytdan faqat maqsadga muvofiq va tegishli bo‘lgan xabarlar va materiallarni joylashtirish, yuborish va qabul qilish uchun foydalanish majburiyatini olasiz. Siz bila turib texnik jihatdan zararli bo‘lgan viruslar, troyan dasturlar, o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi “qurt” dasturlar, mantiqiy bombalar yoki boshqa materiallarni kiritib Saytni suiiste’mol qilishmaslik shartini olasiz. Siz Saytning har qanday qismiga ruxsatsiz kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga harakat qilmaslikka yoki hakerlik hujumlari yoki boshqa noqonuniy vositalar bilan har qanday serverlar, kompyuterlarning autentifikatsiya qilish vositalarini buzmaslikka yoki Sayt bilan bog‘langan har qanday ma’lumotlar bazalarini buzishmaslikka bildirasiz.

Siz Saytning har qanday qismini har qanday noqonuniy yoki Shartlarda taqiqlangan maqsadda ishlatmaslikka yoki har qanday noqonuniy faoliyatni amalga oshirishni talab qilmaslikka rozilik bildirasiz. Ushbu cheklangan litsenziya, agar siz ushbu Shartlardan birini buzgan bo‘lsangiz, ogohlantirishsiz avtomatik ravishda to‘xtatiladi.

Litsenziyaning amal qilishi tugatilgandan so‘ng, siz chop etilgan yoki yuklab olingan har qanday materialni darhol yo‘q qilishga rozilik bildirasiz. Bundan tashqari, Infinix ushbu huquqbuzarliklar to‘g‘risida tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beradi va Infinix ushbu organlarga ism-sharifingizni va siz taqdim etgan boshqa tegishli ma‘lumotlarni oshkor qilish orqali ularga yordam beradi. 

V.  Axborotning aniqligi

Garchi Sayt Infinix xizmatlari va mahsulotlari haqida eng so‘nggi, to‘liq va aniq ma’lumotlarni taqdim etishni maqsad qilgan bo‘lsa ham, Kontent sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ba’zi bir noto‘g‘ri yoki eskirgan ma’lumotlar, tipografik xatolar va tushirib qoldirilgan ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan Kontent tarkibiga kirib qolishi mumkin. Siz ushbu saytda keltirilgan har qanday ma’lumotlarga bog‘lanib qolmaslikka rozilik bildirasiz, chunki ular faqat sizning qulayligingiz uchun taqdim etiladi va xoh u Infinix tomonidan, xoh boshqa har qanday uchinchi tomon tomonidan taqdim etilgan bo‘lsin, Kontentdagi xatolar uchun Infinix javobgar emas. Infinix Kontentdagi har qanday ma’lumotlarning aniqligi yoki to‘liqligiga kafolat bermaydi. Biroq, Infinix istalgan vaqtda Saytda mavjud bo‘lgan Kontentni yoki mahsulotlarni ogohlantirishsiz o‘zgartirishi mumkin.

VI.  Uchinchi tomon havolalari

Uchinchi tomon veb-saytlariga yoki resurslariga ("Havola qilingan Saytlar") havolalar Saytda berilishi mumkin; ammo, Infinix ushbu Havola qilingan Saytlarni nazorat qilishni o‘z zimmasiga olmaydi va bu kabi Havola qilingan Saytlarda mavjud bo‘lgan har qanday ma’lumot, reklama, mahsulot yoki boshqa materiallar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Bundan tashqari, Havola qilingan Saytlar faqat mijozlarimiz uchun qulaylik yaratish vositasi sifatida taqdim etiladi va bu Infinix’ning Havola qilingan Saytlarni yoki unda havola qilingan materiallarni tasdiqlashini yoki ularning yurituvchilari bilan uyushganligini anglatmaydi. Havola qilingan Saytga kirishda yoki Havola qilingan Saytda yoki u orqali taqdim etilgan materiallardan foydalanishda siz ushbu Havola qilingan Saytlar bilan o‘zaro muloqotingiz borasida o‘zingiz mustaqil qaror qabul qilishingiz kerak. Sizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchinchi tomon materiallari yoki Havola qilingan Saytlarga nisbatan har qanday da’volar Infinixga emas, balki tegishli uchinchi tomonlarga qarshi qaratilishini e’tirof etasiz va bunga rozilik bildirasiz.

VII.  Akkaunt, parol va xavfsizlik

Saytdagi yoki u orqali muayyan funksiyalarga kirish yoki ulardan foydalanish uchun sizdan foydalanuvchi nomi va parol bilan akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazishingiz talab qilinishi mumkin. Infinix’ga joriy, to‘liq va to‘g‘ri ma’lumotni taqdim etish va akkauntingizdagi ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash sizning zimmangizda. Ma'lumotlaringizni maxfiy saqlamaganligingiz sababli, sizning hisob qaydnomangizda sodir bo'ladigan har qanday harakatlar uchun, shu jumladan sizning hisob qaydnomangizda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday to'lovlar uchun, masalan, siz ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs bo'lishingizdan qat'iy nazar, siz to'liq javobgarlikni o'z zimmangizga olishingiz kerak. Bundan tashqari, agar akkauntingiz yoki parolingiz yo‘qolsa, o‘g‘irlansa, ruxsatsiz uchinchi shaxsga oshkor etilsa yoki akkaunt xavfsizligiga boshqa biror bir tahdid tug‘ilsa, darhol Infinix’ga xabar berishga rozilik bildirasiz. Sizga akkaunt egasining ochiq ruxsati berilmagan bo‘lsa, sizga birovning akauntidan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Aks holda, ruxsatsiz foydalanuvchilar qonun oldida javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

VIII.  Foydalanuvchining ma’lumot taqdim etishi

Sayt kattalar uchun, shuningdek o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni, shu jumladan ism-shariflari, manzillari, telefon raqamlari yoki elektron pochta manzillarini (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki saytdagi e’lonlar taxtalarida, bloglarda va boshqalarda) Infinix’ga taqdim etish orqali o‘zlarining vasiylaridan ruxsat olganliklarini kafolatlagan voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu Shartlarning maqsadi uchun ushbu ma’lumot taqdim etish paytida kattalar va voyaga yetmaganlar tushunchasi, odatdagi yashash joyi joylashgan mamlakatda amalda bo‘lgan qonunlarda belgilangan ma’noga ega bo‘ladi. 

Foydalanuvchilar tomonidan taqdim etiladigan barcha ma’lumotlarga nisbatan (Foydalanuvchining ma’lumot taqdim etishi), Infinix bunday ma’lumotlarning to‘g‘riligi yoki haqiqatligi uchun javobgar emas. Ammo, sizning ma’lumot taqdim etishingiz istalgan bir tomonning har qanday mualliflik huquqi, savdo belgisi, patent, tijorat siri yoki boshqa intellektual mulk huquqlarini buzishi va har qanday qonunni, shu jumladan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ma’lumotlarni himoya qilish yoki adolatsiz raqobatga oid qonunlarni buzishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, sizning ma’lumot taqdim etishingiz har qanday shaxs yoki korporatsiya uchun tuhmat, nafrat, irqiy, diniy kamsitish, noxolislik yoki haqoratli bo‘lmasligi majburiyatini olishga rozilik bildirasiz. Shuningdek, sizning ma’lumot taqdim etishingiz hech qanday viruslar, o‘zidan ko‘payuvchi “qurt” dasturlar, shpion dasturlar, reklama dasturlari va boshqa zararli dasturlar, shu jumladan Saytga juda katta yuklama yuklash yoki unga salbiy ta’sir ko‘rsatishni o‘z ichiga olmasligi kerakligi e’tirof qilasiz. Sizning ma’lumot taqdim etishingizda ruxsatsiz reklama, keraksiz pochta xabarlari, spam yoki boshqa har qanday ko‘rinishdagi g‘alamislik mavjud bo‘lmasligiga rozilik bildirasiz. 

 

IX.  Intellektual mulk

Ushbu Foydalanish shartlarida ochiq belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, bu yerda keltirilgan hech bir narsa, har qanday qonun, qoida yoki me’yorga binoan, sizga yoki boshqa biror uchinchi tomonga biror-bir litsenziya yoki huquqni, shu jumladan mualliflik huquqi bilan bog‘liq bo‘lgan yoki boshqa intellektual mulk huquqlarini beradi, deya taxmin yoki boshqa yo‘l bilan talqin qilinmaydi. Kontent va ​​Sayt mualliflik huquqlari, savdo belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, patentlar yoki boshqa mulkiy huquqlar va qonunlar bilan himoyalanganligini e’tirof etasiz. Ushbu Saytda ko‘ringan savdo belgilari, logotiplar va xizmat ko‘rsatish belgilari (umumiy qilib "Belgilar") Infinixning ro‘yxatdan o‘tgan va ro‘yxatdan o‘tmagan belgilaridir. Ushbu Saytdan va undagi ma’lumotlardan foydalanish Infinix tomonidan ushbu Saytda ko‘rsatilgan har qanday Belgilardan foydalanish uchun litsenziya yoki huquqning berilganligini aslo anglatmaydi. Ushbu Veb-saytda ko‘rsatilgan Belgilarni yoki ushbu Saytdagi boshqa har qanday kontentdan foydalanishingiz qat’iyan man etiladi, ammo qonun eslatmalarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. 

Ushbu saytda axborot e’lonlar taxtasi, munozaralar klubi, kommentariyalar bo‘limlari va savol-javoblar bo‘limi ("Interfaol maydonlar") kabilarni o‘z ichiga olgan interfaol maydonlar mavjud. Siz Infinix’ga ushbu Saytga siz taqdim etadigan har qanday g‘oyalar, g‘oyalar ifodasi, matnlar, grafiklar, xabarlar, havolalar, ma’lumotlar, axborotlar va boshqa materiallardan (Umumiy qilib "Publikatsiyalar") foydalanish, foydalanishga ruxsat berish va o‘z nomidan foydalanish uchun bekor qilib bo‘lmaydigan, eksklyuziv bo‘lmagan, bepul, abadiy, butun dunyoda amal qiladigan litsenziyani berasiz. Ushbu litsenziya har qanday turdagi cheklovlarsiz hisoblanadi va sizga Infinix tomonidan to‘lovlar to‘lashni talab qilmaydi yoki sizga yoki boshqa biror uchinchi shaxsdan ruxsat olishni yoki unga bildirishnoma yuborishni talab qilmaydi. Litsenziyaga quyidagilarni o‘z ichiga oladi: hozirda ma’lum bo‘lgan yoki bundan keyin yaratiladigan shaklda, vositada yoki texnologiyada Publikatsiyalarni yaratish, ulardan foydalanish, sotish, ko‘paytirish, chop etish, o‘zgartirish, moslashtirish, ulardan hisolaviy ishlar tayyorlash, boshqa ishlar bilan birlashtirish, tarjima qilish, tarqatish, namoyish qilish, ijro etish va sublitsenziyalash huquqi.

 

X.  Maxsus shart va kafolat

Sayt, Kontent va uning xizmatlari "boricha" va "imkoniyatga qarab" tamoyillari asosida taqdim etiladi. Infinix, qonun ruxsat etgan maksimal darajada, ochiq, nazarda tutilgan yoki qonunda belgilangan barcha turdagi kafolatlarni, shu jumladan sotiluvchanlik, muayyan maqsadga moslik, maqom yoki Intellektual mulk huquqlarining buzilmasligi kafolatlarini berishni ochiq rad etadi. Infinix Sayt uzluksiz, o‘z vaqtida, xavfsiz yoki xatosiz bo‘lishiga yoki Saytdagi har qanday nuqsonlar tuzatilishiga hech qanday kafolat bermaydi. Infinix Sayt yoki Kontentdagi har qanday ma’lumot to‘g‘ri yoki ishonchli ekanligiga hech qanday kafolat bermaydi. Infinix siz Saytdan yuklab oladigan har qanday axborotning virusdan xoli yoki texnik jihatdan zararli xususiyatlarsiz bo‘lishiga hech qanday kafolat bermaydi. Infinix Sayt, Kontent va ​​xizmatlardan foydalanishingizga nisbatan uchinchi tomonlarning harakatlari, kamchiliklari va xatti-harakatlari uchun kafolat bermaydi. Sayt va Kontentdan foydalanish bo‘yicha to‘liq javobgarlikni o‘zingiz zimmangizga olishingiz nazarda tutiladi. Saytdan yoki har qanday kontentdan norozi bo‘lganingiz uchun Infinix’ga qarshi ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan yagona chora Saytdan yoki bunday kontentdan foydalanishni to‘xtatishdir. Ushbu yordamni cheklash tomonlar o‘rtasidagi kelishuvning bir qismidir. Agar Kontent yoki xizmatlarning nuqsoni borligi tasdiqlansa, barcha zarur xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarini Infinix emas, balki siz to‘laysiz. 

 

XI.  Javobgarlikning cheklanganligi

Infinix, qonun bilan ruxsat etilgan maksimal darajada, sizning yoki siz orqali da’vo qilayotgan uchinchi tomonlarning oldida Saytda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar yoki materiallarni namoyish qilishingiz, nusxalashingiz yoki yuklab olishingiz natijasida yoki shu bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan har qanday bilvosita, g‘ayrioddiy, kelgusida saboq bo‘ladigan, tasodifiy, jazoga olib keluvchi yoki muayyan oqibatlarga olib keluvchi zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi, foyda yoki boshqa iqtisodiy manfaatni yo‘qotishdan qat’iy nazar va garchi Infinix’ga bunday zarar yetkazilishi mumkinligi to‘g‘risida ilgari xabar berilgan bo‘lsa ham.

Shartlardan qat’iy nazar, agar Infinix Saytdan yoki biror bir kontentdan foydalanishingiz paytida yuzaga kelgan har qanday zarar, jarohat yoki yo‘qotishlar uchun sizning oldingizda javobgar bo‘lsa, Infinix’ning maksimal javobgarligi summasi Infinix’ga qarshi dastlabki da’vo sanasiga qadar siz Saytdagi har qanday xizmat uchun to‘lagan to‘lovlarning umumiy miqdoridan oshmaydi.

 

XII.  Zararlarni qoplash kafolati 

Siz Infinix, uning direktorlari, mansabdor shaxslari, aksiyadorlari, mulkka nisbatan burungi va keyingi huquq egalari, xodimlari, agentlari, filiallari va sho‘balari, hamkorlari, ta’minotchilari va litsenziyarlarini har qanday va barcha talablardan, harakatlardan, zararlardan, majburiyatlardan, da’volardan, xarajatlardan yoki chiqimlar himoya qilishga, zararni qoplashga va ularni zararsiz ushlab turishga rozilik bildirasiz, shu jumladan sizning Shartlarni, har qanday amaldagi qonunlarni va Infinix va boshqa uchinchi tomonlarning huquqlarini buzganligingiz sababli yoki Sayt yoki Kontentdan, foydalanuvchi ma’lumot taqdim etishi amaliyotidan noto‘g‘ri foydalanishingiz oqibatida yoki akkauntingizdan foydalanish paytida yuz beradigan xizmatlar va harakatlar oqibatida kelib chiqadigan katta miqdordagi advokat xizmat haqlarini qoplashga rozilik berasiz. 

 

XIII.  Maxfiylik

Infinix’ning Maxfiylik siyosati Saytdan foydalanish jarayonida qo‘llaniladi va uning shartlari Shartlarning bir qismini tashkil qiladi. Iltimos, veb-saytimizga joylashtirilgan Saytning Maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqing. Maxfiylik siyosatimizni ko‘rish uchun bu yerni bosing. Agar siz ushbu Maxfiylik siyosatini qabul qilmasangiz, sizga Saytdan foydalanish huquqi berilmaydi. Bundan tashqari, Saytdan foydalanish orrqali siz Saytga kirish yoki undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan Internet-uzatmalar also butunlay shaxsiy va xavfsiz emasligini qabul qilasiz. Shuningdek, siz Saytga yuborgan har qanday xabar yoki ma’lumot o‘qilishi, nusxalanishi, qayta chop etilishi yoki boshqalar tomonidan tutib olinishi mumkingini qabul qilasiz, garchi hatto muayyan uzatish amaliyoti shifrlanishi yoki undan nusxa ko‘chirilish yoki uni qayta chop etish mumkin emasligi to‘g‘risida alohida eslatma mavjud bo‘lsa ham.

 

XIV.  Amaldagi qonunlar va nizolarni hal qilish

Saytga va Shartlarga kirishingiz yoki ulardan foydalanishingiz bilan bog‘liq yoki uning oqibatida kelib chiqqan har qanday nizo, da’vo, kelishmovchilik yoki boshqa tortishuvlar, kollizion huquqni kuchga kiritmagan holda, Gonkong qonunlariga muvofiq tartibga solinadi, izohlanadi va talqin qilinadi. Shartlar yoki Sayt bilan bog‘liq do‘stona hal qilib bo‘lmaydigan har qanday nizo yoki kelishmovchiliklar, arbitraj xabarnomasi taqdim etilganda, Gonkong Xalqaro arbitraj markazi (GXAM) tomonidan Gonkong Xalqaro arbitraj markazi tomonidan boshqariladigan arbitraj qoidalari asosida ko‘rib chiqiladi va yakuniy hal qilinadi. Arbitraj sudining qarorgohi Gonkong bo‘ladi. Arbitraj sudi ishi ingliz tilida bo‘ladi. Arbitraj qarori hal qiluvchi va nizolashayotgan tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.

 

XV.  Shartlarning buzilishi

Agar siz Shartlarni buzsangiz, Infinix istalgan payt qo‘shimcha tushuntirishlarsiz siz uchun xizmatni yoki Saytning barcha yoki ma’lum bir qismiga kirishingiz yoki undan foydalanishingizni butunlay to‘xtatish, vaqtincha to‘xtatish yoki o‘zgartirish yoki Infinix’da ro‘yxatdan o‘tgan akkauntingizni yopish yoki ro‘yxatdan o‘chirish huquqiga ega. Bundan tashqari, Infinix qonunbuzarlarga qarshi sud ishlarini yuritish paytida huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish uchun zarur yoki o‘rinli bo‘lsa, siz haqingizdagi bizda saqlanadigan har qanday dolzarb ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin. Siz Infinix bilan gumon qilingan qoidabuzarliklarni tekshirishda hamkorlik qilishingizni va Infinix’ga berilgan boshqa har qanday yordamga qo‘shimcha ravishda agar Shartlarni buzganingiz sababli sizga qarshi qonuniy choralar ko‘rsak, Infinix sizdan tovon undirishi, shu jumladan advokatlar xarajatlari va bunday sud harakatlari uchun xarajatlarni qoplash uchun tovon undirish huquqiga ega ekanligimizni e’tirof etasiz. Shuningdek, siz Shartlarning siz tomondan har qanday buzilishi noqonuniy va noodil tadbirkorlik amaliyotini vujudga keltirishini va Infinix’ga moddiy zararlar yetarli bo‘lmagan tuzatib bo‘lmaydigan zararni yetkazishiga olib kelishini tan olasiz va Infinix’ga bunday vaziyatda zarur yoki o‘rinli hisoblanadigan har qanday sud ta’qiqi ko‘rinishidagi himoya vositasini va adolat huquqi bo‘yicha sud himoyasini berishga tayyor bo‘lasiz.

 

XVI.  Qonunga zid bo‘lsa, kuchga ega emas

Saytga butun dunyo bo‘ylab kirish imkoniyati mavjud bo‘lishiga qaramay, Sayt orqali yoki unda muhokama qilinadigan, havolalangan, taqdim etiladigan yoki taklif qilinadigan barcha funksiyalar, mahsulotlar yoki xizmatlardan foydalanish imkoniyati hamma uchun yoki barcha geografik hududlar uchun ham mavjud emas. Infinix o‘z xohishiga ko‘ra har qanday funksiya, mahsulot yoki xizmatning har qanday shaxsga yoki geografik hududga taqdim etilishi va uning miqdorini cheklash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Saytda qilingan har qanday funksiya, mahsulot yoki xizmat uchun har qanday taklif qonunga zid bo‘lganda bekor qilinadi. Agar siz Infinix faoliyatini yuritadigan va boshqaradigan joydan tashqarida Saytga kirishni xohlasangiz, buni siz o‘z tashabbusingiz bilan amalga oshirasiz va amaldagi mahalliy qonunlarga rioya qilish bo‘yicha faqat o‘zingiz javobgarsiz.

 

XVII.  Fikr-mulohaza

Saytni takomillashtirish, Infinix mahsulotlari va / yoki xizmatlari haqidagi fikr-mulohazalaringiz maxfiy ma’lumot sifatida qabul qilinmasligini e’tirof etasiz. Shuning uchun biz bunday ma’lumotlarni cheklovsiz ishlatishga haqlimiz.

Mualliflik huquqi © 2017 Infinix Inc. Barcha huquqlar himoyalangan.