Maxfiylik siyosati

INFINIX MOBILITY LIMITED va uning dunyo bo‘ylab filiallari (keyingi o‘rinlarda "INFINIX" yoki "biz" deb yuritiladi) sizning shaxsiy hayotingizga to‘liq hurmat qiladi va shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligini himoya qilish uchun qo’lidan kelgan barcha sa’y-harakatlarni qiladi. Sizga mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etish jarayonida biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni sizning roziligingiz asosida yoki amaldagi qonunlar va huquqiy me’yorlarning tegishli bandlariga muvofiq to‘plashimiz va ulardan foydalanishimiz mumkin. Ushbu Maxfiylik siyosatidan maqsad (bundan keyingi o‘rinlarda "Siyosat” deb yuritiladi) INFINIX mahsulotlaridan yoki xizmatlaridan foydalanganingizda siz bizga taqdim etadigan shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘plashimiz, ulardan qanday foydalanishimiz, ularni qanday saqlashimiz, bo‘lishishimiz va uzatishimiz haqida, bizga taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar yuzasidan sizning huquqlaringiz haqida va sizning huquqlaringizni biz qanday himoya qilishimiz haqida tushunchaga ega bo‘lishingizda sizga yordam berishdan iborat. Ushbu Siyosat mazkur Siyosatga havolalar ko‘rsatilgan yoki berilgan INFINIX mahsulotlari va xizmatlariga nisbatan qo‘llaniladi. INFINIX’ning ko‘plab mahsulot va xizmatlarini hisobga olgan holda ushbu Siyosat shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanishning barcha ssenariylarini qamrab ololmasligi mumkin. Biz uni muayyan mahsulot yoki xizmatlarning maxfiylik siyosati yoki ma’lumotlar to‘plash paytida taqdim etiladigan boshqa bildirishnomalar berish vositalari orqali to‘ldirishimiz mumkin. Masalan, siz foydalanadigan INFINIX mahsulot yoki xizmatlarining turiga va siz joylashgan mamlakatga qarab, tegishli mahsulotlar yoki xizmatlar sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizni qanday to‘plash va ulardan foydalanish amaliyotida farq qilishi mumkin. Agar ma’lum bir INFINIX mahsuloti yoki xizmatida alohida maxfiylik siyosati bo‘lsa, birinchi navbatda o‘sha alohida maxfiylik siyosati qo‘llaniladi va o‘sha alohida maxfiylik siyosatining matni ustuvorlik kuchga ega hisoblanadi. O‘sha muayyan INFINIX mahsuloti yoki xizmatining alohida maxfiylik siyosati bilan qamrab olinmagan har qanday holat ushbu Maxfiylik siyosatining matniga asosan tartibga solinadi.

Mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizdan foydalanishdan, shaxsiy ma’lumotlaringizni bizga taqdim etishdan yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plashimizga ruxsat berishdan oldin, iltimos, shaxsiy ma'lumotlaringizga nisbatan bizning amaliyotlarimizni tushunib olish uchun ushbu Siyosatni diqqat bilan o‘qib chiqing va ushbu Siyosatga kiritilgan o‘zgartirishlardan boxabar bo‘lish uchun uni tez-tez o‘qib turing. Agar savollaringiz bo‘lsa, bizga ma’lum qiling.

 

I.  Shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘playmiz va ulardan qanday foydalanamiz

"Shaxsiy ma’lumotlar" deyilganda, jismoniy shaxsning shaxsi, belgilari, xarakteristikasi yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi belgilari yoki ushbu belgilarning bir nechta jamlanmasi orqali jismoniy shaxsning bevosita yoki bilvosita shaxsini aniqlashtiruvchi yoki jismoniy shaxsga daxldorlikni ko‘rsatuvchi barcha ma’lumotlar tushuniladi. INFINIX mahsulotlaridan yoki xizmatlaridan foydalanganingizda siz shaxsiy ma‘lumotlarni taqdim etishingiz kerak bo‘lishi mumkin. Sizdan shaxsiy ma’lumotlaringizni INFINIX’ga taqdim etishingiz talab qilinmaydi, lekin ba’zi hollarda, agar buni qilmasangiz, biz sizga tegishli mahsulotlar yoki xizmatlarni taqdim eta olmasligimiz mumkin, shuningdek biz duch kelgan muammolarga javob berolmasligimiz yoki ularni hal qila olmasligimiz mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat ushbu Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlar uchungina to‘playmiz va ulardan foydalanamiz. Quyida biz siz haqingizda to‘playdigan shaxsiy ma’lumotlarga bir qancha misollar keltirilgan:

1.  Biz to‘playdigan shaxsiy ma’lumotlar

1.1  Siz bevosita bizga taqdim etadigan ma’lumotlar

Mahsulotlarimiz funksiyalaridan va xizmatlarimizdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishingizni ta’minlash uchun sizga mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etishda sizdan kerakli ma’lumotlarni taqdim etishingizni so‘rashimiz mumkin. Masalan:

(1) Akkaunt haqidagi ma’lumotlar. INFINIX mahsulotlariga yoki xizmatlariga ro‘yxatdan o‘tayotganda, masalan APP akkauntini yaratish, forum hamjamiyatida o‘zaro muloqotlarda ishtirok etish va hokazolarda, turli mahsulotlar yoki xizmatlarning funksional imkoniyatlariga qarab, sizdan quyidagilarni taaqdim etish talab qilinishi mumkin: telefon raqami, ism-sharif, niknom, avatar , tug‘ilgan sanangiz, millatingiz, yoshingiz, siz joylashgan shahar va boshqa ma’lumotlar; tegishli akkauntga kirishda qo‘shimcha qulayliklardan, masalan, yuzni tanish tizimi yoki barmoq izi orqali qulfdan ochish kabi funksiyalardan foydalanganmoqchi bo‘lganingizda, sizdan yuz yoki barmoq izi kabi biometrik ma’lumotlarrni taqdim etish so‘ralishi mumkin;

(2) Buyurtma haqida ma’lumot. Mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizni onlayn yoki oflayn rejimda sotib olganingizda, mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimiz sizga o‘z vaqtida va aniq tarzda yetkazilishini ta’minlash uchun biz sizdan oluvchining ism-sharifi, telefon raq

(3) Sotishdan keyingi xizmat haqidagi ma’lumotlar. Sizga sotuvdan keyingi xizmatni ko‘rsatishimiz kerak bo‘lganda yoki mahsulot yoki xizmatlardan foydalanishda siz duch kelgan muammolarni hal qilishimizga umid qilganingizda, ismingiz, telefon raqamingiz, qurilmangiz haqidagi ma’lumotlar, yashash manzilingiz, ssenariylarda bayon qilingan muammoning tavsifi, masalan, kafolat kartasini / elektron kafolat kartasini to‘ldirish yoki muammo haqida fikr bildirish kabi ma’lumotlarni taqdim etishingiz kerak bo‘lishi mumkin;

(4) Siz bizga taqdim etadigan boshqa ma’lumotlar. Masalan, yutuqli o‘yinlar, yutuqli viktorinalar va muxlislarga oid sinov tadqiqotlar kabi tadbirlarimizda qatnashganingizda, shaxsiy niknom, avatar, ism-sharif, telefon raqami va muayyan ssenariylar uchun talab qilinadigan boshqa ma’lumotlarni taqdim etishingiz kerak bo‘lishi mumkin.

1.2  Mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizdan foydalanishingiz mobaynida biz oladigan ma’lumotlar

Sizga mahsulot yoki xizmatlarni taqdim etish uchun zarur bo‘lganda INFINIX mahsulotlaridan yoki xizmatlaridan foydalanish paytida sizning ruxsatingiz yoki roziligingiz bilan biz kerakli ma’lumotlarni to‘playmiz, jumladan:

(1) Qurilma haqida ma’lumot. Muayyan xizmatlar ma’lum bir turdagi qurilmalar uchun bo‘lishini hisobga olib, biror biznesni faollashtirish va qurilmadan foydalanish jarayonida biz qurilmaga tegishli ma’lumotlarni to‘plashimiz mumkin, masalan, qurilma nomi, qurilma modeli, mintaqa va til sozlamalari, qurilmaning identifikatsiya kodi, qurilmaning apparat ta’minoti ma’lumotlari va holati, foydalanuvchi odatlari, IP-manzil, Mac manzil, operatsion tizim versiyasi, umumiy foydalanuvdagi yer usti mobil aloqa tarmog‘i, Android tizimi versiyasi, tarmoq operatori uskunalari va boshqalar.

(2) Jurnal ma’lumotlari. Mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizdan foydalanganingizda biz ba’zi ma’lumotlarni to‘plashimiz va ularni jurnal fayllarida saqlashimiz mumkin. Masalan, xizmatga kirish vaqti, kirishlar soni, foydalanish vaqti, vaqtinchalik tarixiy xabarlar, tizimning standart jurnallari, voqealar haqidagi ma’lumotlar (xatolar, ishdan chiqishlar, qayta ishga tushishlar, yangilashlar) va boshqalar.

(3) Joylashuv haqida ma’lumot. Navigatsiya dasturiy ta’minotidan foydalanish, geografik manzildagi ob-havo sharoitlarini ko‘rish, telefoningiz joylashuv manzilini olish, geografik joylashuvingizni boshqalar bilan bo‘lishish va hokazo kabi joylashuvni aniqlashga asoslangan ba’zi xizmatlardan foydalanishingiz kerak bo‘lganda, biz siz foydalanadigan qurilmaning amaldagi joylashuvi haqida taxminiy yoki aniq ma'lumotni sizning roziligingiz bilan to‘plashimiz va qayta ishlashimiz mumkin. Masalan: kenglik va uzunlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mamlakat yoki mintaqa kodi, shahar kodi, aholi punkti identifikatori, navigatsiya marshruti, operator identifikatori va boshqalar. Albatta, agar siz rozilik bermasangiz yoki tegishli mamlakat yoki mintaqaning qonuni talab qilsa, joylashuvingizni aniqlash maqsadida joylashuvingiz haqidagi ma’lumotlarni to‘plashni davom ettirmaymiz. Tegishli ilovalar uchun joylashuvni aniqlash xizmatini bevosita mobil qurilmangizning o‘zidan o‘chirib qo‘yish huquqiga egasiz.

(4) Cookie-fayl ma’lumotlari. Bizning veb-saytlarimiz, interfaol ilovalarimiz, INFINIX mahsulotlari va reklamalari shaxsiy ma‘lumotlaringizni to‘plash va saqlash uchun cookie-fayllar, piksel teglari va veb-mayoqlar kabi texnologiyalardan foydalanishi mumkin.

(5) Boshqa shaxsiy ma’lumotlar. Har xil turdagi mahsulotlar yoki xizmatlar siz haqingizda har xil turdagi shaxsiy ma’lumotlarni olishlari mumkin. Masalan: fitness braslet va sport soatlari kabi sport mahsulotlari yurak urishingiz, qadamlaringiz soni va joylashuvingiz kabi ma’lumotlarni olishi mumkin. Biz sizga taqdim etadigan mahsulot yoki xizmatlarimiz sonining juda ko‘pligi sababli biz shaxsiy ma’lumotlaringiz foydalaniladigan barcha ssenariylarni sanab o‘ta olmaymiz. Ushbu Maxfiylik siyosati qamrab olmagan shaxsiy ma’lumotlar uchun tegishli mahsulot yoki xizmat ushbu mahsulot yoki xizmatning alohida maxfiylik siyosati yoki bildirishnoma yoki boshqa usullar orqali to‘planishi mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlaringiz to‘g‘risida sizga xabar beradi va ularni to‘plashdan oldin sizning roziligingizni oladi.

1.3  Uchinchi shaxslardan olinadigan ma’lumotla

Qonunda ruxsat berilgan holatlarda, biz sizning shaxsiy ma‘lumotlaringizni jamoat kanallaridan yoki boshqa uchinchi tomonlardan olishimiz mumkin. Masalan: uchinchi tomon ijtimoiy tarmoq xizmatlaridan yoki oldindan o‘rnatilgan uchinchi tomon ilovalaridan foydalanganingizda, biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu xizmatlardan yoki ilovalardan olishimiz mumkin. Bundan tashqari, biz bu ma’lumotlarni to‘plash paytida sizga buni tushuntiramiz va sizning roziligingizni olamiz.

INFINIX shuningdek siz, qurilmangiz yoki xizmatlardan foydalanishingiz to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni to‘plash uchun boshqa usullardan foydalanishi ham mumkin, ma’lumotlarni to‘plash paytida buni sizga buni tushuntiramiz va sizning roziligingizni olamiz.

1.4  Shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish

Shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlar deganda, jismoniy shaxsning shaxsini aniqlash uchun foydalanib bo‘lmaydigan ma’lumotlar, masalan veb-saytlarga tashriflar, ilovalarni yuklab olish, mahsulot sotuvlari va har xil statistik umumlashmalar kabi ma’lumotlar tushuniladi. Bu ma’lumotlarni to‘plashimizdan maqsad foydalanuvchilarning mahsulotlarimiz va xizmatlarimizdan qanday foydalanishlarini tushunishdan iborat bo‘lb, biz bundan o‘z xizmatlarimizni doimiy ravishda takomillashtirish va foydalanuvchilar ehtiyojlarini yanada yaxshiroq qondirish uchun asos qilib olamiz. Ushbu turdagi ma’lumotlar shaxsiy ma’lumotlar emasligi sababli, biz, qonundan chetga chiqmagan holda, shaxsiy bo‘lmagan ma‘lumotlarni o‘z xohishimizga ko‘ra to‘plashimiz, foydalanishimiz, oshkor qilishimiz va uzatishimiz mumkin; ushbu turdagi ma’lumotlar shaxsiy ma’lumotlar bilan birlashtirilganda, ular shaxsiy ma’lumotlar sifatida qaraladi. Biz bunday ma’lumotlarni shaxsiy maxfiy ma’lumotlarni himoya qilishga oidvtegishli qonunlar va me’yorlar talablariga muvofiq tarzda qayta ishlaymiz.

Shuni urg‘ulash va yana bir bor ta’kidlash kerakki, mahsulot va xizmatlarimiz sonining nihoyatda ko‘pligi sababli bu yerda sanab o‘tilgan INFINIX tomonidan to‘planadigan shaxsiy ma’lumotlarning tarkibi va ssenariylari bizning barcha faoliyat ssenariylarimizni qamrab ololmaydi. Ushbu Siyosatga kiritilmagan har qanday holat uchun muayyan mahsulot yoki xizmatlarning maxfiylik siyosatida belgilash orqali yoki ma’lum biznes ssenariylarda ma’lumotlarni to’plashda bildirishnoma yuborish yoki boshqa usullar bilan biz uni to‘ldiramiz.

2.  Shaxsiy ma‘lumotlardan foydalanishdan maqsadimiz

Foydalanuvchi kelishuvi va / yoki xizmat shartnomasi bo‘yicha sizning oldingizdagi o‘z majburiyatlarimizni bajarishimiz kerak bo‘lganda yoki biz yoki uchinchi shaxs tomonidan ko‘zlangan qonuniy manfaatlarni himoya qilish uchun zarur, deb hisoblasak, sizning roziligingiz bilan, biz ushbu Maxfiylik siyosatida tasvirlangan maqsadlar uchun sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz mumkin. Shuningdek, biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni amaldagi qonuniy majburiyatlariga bo‘ysunish va ularni ado etish uchun ham qayta ishlashimiz mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishda ushbu Maxfiylik siyosatining matni va unga kiritilgan o‘zgartirishlarga qat’iy rioya qilamiz.

2.1 Sizga ro‘yxatdan o‘tish xizmatlari va akkauntni boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.Tegishli ro‘yxatdan o‘tish xizmatlarini va undan keyingi akkauntni boshqarish xizmatlarini ko‘rsatish uchun biz siz ro‘yxatdan o‘tish paytida to‘ldirganda taqdim etgan asosiy ma’lumotlardan foydalanamiz;

2.2 Sizga xarid va xariddan keyingi amaliyotlar uchun mijozlarga ko‘mak va boshqa tegishli xizmatlarni ko‘rsatish. Masalan: yetkazib berish xizmatlari, kafolat xizmatlari, texnik ko‘mak xizmatini taklif qilganimizda yoki mavjud nosozlik muammolarini tezda aniqlash va tuzatish uchun xatolar haqidagi hisobotlarni siz bizga jo‘natadigan holatlarda sizdan zarur ma’lumotlarni taqdim etish talab qilinishi mumkin.

2.3 Sizning ehtiyojlaringiz yoki qiziqishlaringiz uchun sizga axborot xizmatlarini ko‘rsatish. Masalan: biz yoki uchinchi shaxslar sizning joylashuvingiz haqidagi ma’lumotlardan sizga ob-havo ma’lumoti, geografik joylashuv navigatsiyasi va boshqa tegishli axborot xizmatlarini taqdim etish uchun foydalanishi mumkin; shaxsiy ma‘lumotlaringizdan foydalanishimiz, foydalanish odatlaringizni va siz afzal ko‘radigan xatti-harakatlaringizni tahlil qilishimiz va roziligingiz asosida sizga bildirishnoma yoki push-xabarnomalar orqali kontent xizmatlarini taqdim etishimiz mumkin.

2.4 Sizga yanada sifatli mahsulot va xizmatlarni taqdim etishni davom ettirish uchun biz sizni mahsulotni takomillashtirishda va foydalanuvchi tajribasi bilan bog‘liq dasturlarda yoki interfaol muloqot bilan kechadigan tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilishimiz mumkin. Siz bizning dasturlarimizga yoki tadbirlarimizga qo‘shilgandan so‘ng, biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni, masalan, mobil telefon raqamlari (asosan tadqiqot va qaytish tashriflari uchun foydalaniladi), qurilma haqidagi ma’lumotlar, amallardagi xatti-harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, joylashuv ma’lumotlari va statistik tahlil uchun jurnal ma’lumotlarini to'plashimiz mumkinki, bundan maqsad uzluksiz ravishda mahsulotlarni takomillashtirish va optimallashtirish va yanada yaxshiroq foydalanuvchi tajribasini ta’minlashdir;

2.5 Tijoriy targ‘ibot faoliyati uchun. Agar siz yutuqli o‘yin, tanlov yoki shunga o‘xshash reklama aksiyasida ishtirok etsangiz, siz taqdim etgan ma’lumotlardan ushbu dasturlar faoliyatini boshqarish uchun foydalanishimiz mumkin;

2.6 Biz bozor ulushini tahlil qilish uchun mijozlar uchun makroiqtisodiy so‘rovlar o‘tkazishimiz mumkin. Bozor ulushini tahlil qilish va biznesni rivojlantirish uchun ma’lumot shakllantirish maqsadida veb-saytlarga tashriflar, ilovalarni yuklab olishlar va mahsulotlar sotuvi kabi ma’lumotlarni to‘plashimiz mumkin.

2.7 Siz rozilik beradigan boshqa maqsadlar. Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa maqsadlarda ishlatmoqchi bo‘lganimizda, agar u maqsad ushbu Siyosatda aytilmagan bo‘lsa, biz oldin roziligingizni olish uchun muayyan mahsulot yoki xizmatning maxfiylik siyosatidan yoki bildirishnomasidan yoki siz foydalana oladigan boshqa aloqa vositalaridan foydalanamiz.

II.  Cookie-fayllar va shunga o‘xshash texnologiyalardan qanday foydalanamiz

Cookie-fayllar - bu veb-saytlarimiz, ilovalarimiz yoki xizmatlarimiz tomonidan uzatiladigan va qurilmangizda saqlanadigan kichik fayllar hisoblanadi. Sizni veb-saytlarimizning boshqa foydalanuvchilaridan farqlash uchun biz cookie-fayllar va shunga o‘xshash boshqa texnologiyalardan foydalanamiz. Bizning veb-saytlar, onlayn xizmatlar, interaktiv ilovalar, elektron pochta va boshqa axborot xizmatlari cookie-fayllardan va boshqa shunga o‘xshash texnologiyalardan, masalan, piksel teglar va veb-mayoqlardan foydalanishi mumkin. Biz odatda cookie-fayllar va shunga o‘xshash texnologiyalar tomonidan to‘planadigan ma’lumotlarga shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlar sifatida qaraymiz. Shu bilan birga, Internet protokoli (IP) manzillari yoki shunga o‘xshash identifikatorlar tegishli davlatlarning qonunlarida shaxsiy ma‘lumotlar, deb qaralsa, biz ham u davlatlarning qonunlariga rioya qilamiz.

Biz va hamkorlarimiz qurilmangizdagi mobil dasturiy ta‘minotdan qanday foydalanishingiz haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo‘lish, ilovadan qanchalik ko‘p foydalanayotganingizni, ilova ichida sodir bo‘ladigan voqealarni, foydalanish haqidagi umumiy statistikani, ish samaradorligi haqidagi ma’lumotlarni va ilova qayerdan yuklab olinganligini yaxshiroq bilish uchun cookie-fayllardan yoki shunga o‘xshash kuzatuv texnologiyalaridan foydalanamiz; biz va hamkorlarimiz trendlarni tahlil qilish, saytni boshqarish, saytdagi foydalanuvchilarningxatti-harakatlarini kuzatish va umuman foydalanuvchilar bazamiz to‘g‘risida demografik ma’lumotlarni to‘plash uchun cookie-fayllardan yoki shunga o‘xshash kuzatuv texnologiyalaridan foydalanamiz. Masalan: biz o‘z veb-saytlarimizda reklamalarni namoyish qilish yoki boshqa veb-saytlardagi reklamalarimizni boshqarish uchun uchinchi tomonlar bilan hamkorlik qilishimiz mumkin. Uchinchi tomon hamkorlarimiz brauzeringiz tarixi va qiziqishlaringiz asosida sizga reklama taqdim etish uchun cookie-fayllardan yoki shunga o‘xshash kuzatuv texnologiyalaridan foydalanishlari mumkin. Agar siz qiziqishlarga asoslangan reklamalardan voz kechishni istasangiz, cookie-fayllar va cookie-fayllar parametrlarini boshqarish uchun "cookie-fayllarni o‘chirish / faolsizlashtirish"ni tanlashingiz mumkin. Agar brauzeringizda "Kuzatilmasin" funksiyasi yoqilgan bo‘lsa, barcha veb-saytlarimiz sizning sozlamalaringizga hurmat bilan qaraydi.

Siz veb-saytlarda va ilovalarda saqlangan barcha cookie-fayllarni o‘chirib tashlashingiz mumkin, ammo agar shunday qilsangiz, bizning veb-saytlarimizga yoki ilovalarimizga har safar tashrif buyurganingizda sozlamalarni o‘zgartirishingiz kerak bo‘ladi. Aksar brauzerlarda cookie-fayllarni bloklash funksiyasi mavjud. Agar cookie-fayllarni brauzer orqali boshqarishni xohlasangiz, brauzer yaratuvchisining tanishtiruv bo‘limiga qarashingiz yoki Internetda qidirishingiz mumkin. E’tibor bering, agar cookie-fayllar bloklangan bo‘lsa, ba’zi veb-sayt xususiyatlari va funksiyalari to‘g‘ri ishlamasligi yoki hatto ishlashdan butkul to‘xtashi mumkin.

III.  Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday saqlaymiz va himoya qilamiz

Sizning roziligingiz asosida to‘plangan shaxsiy ma’lumotlar tegishli mamlakatlarning shaxsiy maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlari va me’yorlariga muvofiq saqlanadi. Mahalliy qonunlar va me’yorlar tomonidan taqiqlanmagan darajada, biz shuningdek, to‘plangan shaxsiy ma’lumotlarni biznes joylashgan mamlakat tashqarisidagi mamlakatlarda yoki mintaqalarda saqlashimiz ham mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni biznes joylashgan mamlakatda saqlaymizmi yoki qonunlar va me’yorlardan chetga chiqmagan holda ularni boshqa mamlakatlarda yoki mintaqalarda saqlaymizmi, bundan qat’iy nazar, biz ularni ma’lumotlarni saqlash to‘g‘risidagi tegishli qonunlar va me’yorlarga muvofiq ravishda saqlaymiz. Shu bilan birga, biz shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashning muhim jihatlari, ko‘lami va maqsadi, qayta ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va zarar yetishi natijasida keladigan jiddiy oqibatlar va hokazolarni inobatga olamiz va zarur xavfsizlik choralarini amalga oshiramiz. Masalan: biz to‘plangan shaxsiy ma’lumotlarni saqlash uchun shifrlash va deidentifikatsiyalash usullaridan foydalanamiz. Shuningdek, biz ma’lumotlarni qonunda belgilangan eng qisqa saqlash muddati davomida saqlaymiz. Qonunda ko‘rsatilmagan holatlar yuzaga kelganda, biz ma’lumotlarni biznes uchun zarur bo‘lgan eng qisqa saqlash muddatiga davomida saqlaymiz. Saqlash muddati o‘tgan ma’lumotlar yoki siz bizdan o‘chirishni so‘ragan ma’lumotlar bo‘lsa, biz u ma’lumotlarni tegishlicha o‘chirib tashlaymiz yoki tegishli qonun va me’yorlarni buzmagan holda boshqa tegishli choralarni ko‘ramiz. Bundan tashqari, biz shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligini himoya qilish va ma’lumotlarning noto‘g‘ri ishlatilishi, ularga ruxsatsiz kirish va ruxsatsiz ularni o‘zgartirish, oshkor qilish yoki yo‘q qilish va hokazolarning oldini olish uchun boshqa zarur choralarni ko‘ramiz.

Shunga qaramay, biz sizga shuni eslatishimiz kerakki, bu choralar qanchalik mukammal bo‘lmasin, ma’lumotlarni saqlash xavfsizligi bilan bog‘liq hodisalar yuz bermasligini mutlaq kafolatlab bo‘lmaydi. Agar xavfsizlik tizimini buzish holati sodir bo‘lsa, biz tegishli qonun va me’yorlarda talab qilingan tartibda tegishli nazorat organlariga xabar beramiz va qaanday turdagi shaxsiy ma’lumotlarga buzib kirilganligini, ma’lumotlar sub’yektlarining sonini, buzib kirish holatining mumkin bo‘lgan oqibatlarini va nazorat qiluvchi organlarning talablariga binoan biz ko‘rmoqchi bo‘lgan javob choralarini ma’lum qilamiz. Ma’lumotlarning sizib chiqishi oqibatida yetkazilgan zarar va uning oqibatlarini bartaraf etish yoki yumshatish uchun maksimal darajada choralarni ko‘ramiz. Qonunlar va me’yorlar ruxsat bergan yoki talab qilgan taqdirda, sizga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar yoki sizga yetadigan jiddiy zarar haqida o‘z vaqtida xabar beramiz, shunda siz o‘z huquqlaringizni imkon qadar himoya qilish uchun zudlik bilan tegishli choralarni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Mutlaqo xavfsiz deb aytsa bo‘ladigan hech qanday xavfsiz veb-sayt, Internet orqali uzatish, kompyuter tizimi va simsiz aloqa mavjud emas. Biz ko‘radigan zarur himoya choralaridan tashqari, foydalanuvchilar ham shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga bo‘ladigan xatarlar to‘g‘risida xabardorlikni kuchaytirishlari kerak. Masalan, siz bizning xizmatlarimizdan uchinchi tomon veb-saytlariga, havolalariga, mahsulotlariga yoki xizmatlariga o‘tganingizda, ushbu veb-saytlar, havolalar, mahsulotlar yoki xizmatlar tomonidan to‘planadigan ma’lumotlar xavfsizligi haqida ma’lumot olish uchun o‘sha uchinchi tomonlarning shartlari va qoidalarini diqqat bilan o‘qib chiqing. Bunday uchinchi tomonlar tomonidan kelib chiqqan ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolari uchun biz qonuniy javobgarlikni o‘z zimmamizga olmaymiz. Agar bizning veb-saytlarimiz, mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizdagi ba’zi bir kontent, reklama yoki funksiyalar biror uchinchi tomon tomonidan taqdim etilayotgan va sizning shaxsiy hayotingiz va xavfsizligingizga zarar yetkazishi mumkinligini aniqlasangiz, darhol biz bilan bog‘laning, chunki biz buni qonunlarga va me’yorlarga muvofiq ustuvor ravishda ko‘rib chiqamiz.

IV.  Shaxsiy ma’lumotlar va axborotlarni qanday bo‘lishamiz, uzatamiz va oshkor qilamiz

Shaxsiy ma’lumotlaringizni ulashish, uzatish va oshkor qilishda biz minimallashtirish, zarurat va qonuniylik tamoyillari va talablariga amal qilamiz. Odatda biz shaxsiy ma’lumotlarni tashqariga bo‘lishmaymiz, uzatmaymiz yoki oshkor qilmaymiz. Shu bilan birga, amaldagi qonunlar va me’yorlar ruxsat etgan darajada, biz quyidagi holatlarda shaxsiy ma’lumotlarni bo‘lishish, uzatish va oshkor qilishimiz mumkin:

Sizga xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish uchun shaxsiy ma’lumotlaringiz INFINIX’ning sho’ba kompaniyalariga bo‘lishilishi mumkin. Biz ma’lumotlaringizni faqat qonuniy va yashirin bo‘lmagan maqsadlarda INFINIX’ning sho’ba kompaniyalariga bo‘lishamiz va faqat xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bo‘lishamiz va ushbu Maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan maqsadlardan chetga chiqmaymiz. Agar bo‘lishish maqsadlaridan biri ushbu Siyosatga ko‘rsatilmagan bo‘lsa, biz uni muayyan mahsulot yoki xizmatning tegishli maxfiylik siyosatida yoki bildirishnomasida bayon qilamiz.

Muayyan funksiyalarni bajarish yoki sizga yana yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va yanada yaxshiroq foydalanuvchi tajribasini ta’minlash uchun biz zarur shaxsiy ma’lumotlarni vakolatli uchinchi tomon hamkorlarga (shu jumladan logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga, ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilarga, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatuvchilarga, marketing va reklama bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchilarga va boshqalarga) bo‘lishishimiz mumkin. Masalan: INFINIX mahsulotlarini sotib olganingizda, mahsulotni sizga yetkazib berishni tashkil qilish uchun INFINIX logistika xizmat ko‘rsatuvchisiga tegishli shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etishi kerak bo‘lishi mumkin; Sizga sotuvdan keyingi xizmatni ko‘rsatishda, sizga yana yaxshiroq xizmat va ko‘makni taklif qilish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatuvchiga taqdim etishimiz zarur bo‘lishi mumkin. Biz bunday bo‘lishishni amalga oshirish uchun minimallashtirish, zaruriyat va qonuniylik tamoyillariga amal qilamiz. Ma’lumot bo‘lishishdan oldin biz vakolatli hamkorlar bilan qat’iy maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuvlarni imzolaymiz va ulardan shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash uchun ushbu Siyosatga va yurisdiksiyangizdagi amaldagi qonunlarga muvofiq tegishli maxfiylik va xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qilamiz.

Baholash, tahlil yoki boshqa biznes xizmatlarini ko‘rsatish uchun biz sizning shaxsiy bo‘lmagan ma‘lumotlaringizni uchinchi tomonlarga bo‘lishishimiz ham mumkin, masalan: biz hamkorlarga (masalan, reklama xizmati ko‘rsatuvchilarga ) ularning xizmatlarining samaradorligi, teskari aloqa va ulardan foydalanishdagi trendlarni tushunishda yordam berish uchun to‘plangan umumlashma ma’lumotlardan foydalanishimiz mumkin.

Kompaniyalar birlashish, birining boshqasini o‘ziga qo‘shib olishi yoki bankrotlik bilan bog‘liq likvidatsiya, aktivlarni boshqaga o‘tkazish va boshqa tegishli bitimlar yuz berganda, agar bunda shaxsiy ma’lumotlarni boshqa tomonga o‘tkazish amaliyoti sodir bo‘ladigan bo‘lsa, biz shaxsiy ma’lumotlaringizga ega bo‘lgan yangi kompaniya yoki tashkilotdan biror kelishuv yoki boshqa tegishli choralar orqali ushbu Maxfiylik siyosatiga qat’iy amal qilishda davom ettishni talab qilamiz va biz u sub’yektdan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashda ushbu Siyosat talablaridan kam bo‘lmagan darajadagi maxfiylik va xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qilamiz.

Shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat quyidagi hollarda ochiq oshkor qilamiz: sizning aniq roziligingiz bilan; yoki qonun oshkor qilishni majburiy qilganda uni bajarish yoki u qonun talabi ijrosini ta’minlashda yordam berish uchun oshkor qilamiz.

V.  Shaxsiy ma’lumotlaringiz chegaralararo qanday uzatiladi

Global miqyosda faoliyat yuritadigan kompaniya sifatida biz mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarda yoki mintaqalarda resurslarimiz yoki serverlarimizga egamiz. Mahalliy qonunlar va me’yoriy hujjatlar bilan ruxsat etilgan darajada va sizning qonuniy roziligingiz bilan sizga xizmatlarni yana yaxshiroq ko‘rsatish uchun biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash yoki qayta ishlash uchun ularni uchinchi mamlakatga yoki mintaqaga yuborishimiz yoki uchinchi mamlakat yoki mintaqa sizning ma’lumotlaringizga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu mamlakatlar yoki mintaqalarning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlari boshqacha bo‘lishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlarni chegaralararo uzatishni va boshqa ishlov berish harakatlarini amalga oshirishda shaxsiy ma’lumotlar joylashgan mamlakat yoki mintaqaning qonuniy talablariga rioya qilamiz.

VI.  Shaxsiy ma’lumotlaringizga bo‘lgan huquqlaringiz

Ma’lumotlar sub’yekti sifatida siz shaxsiy ma’lumotlaringizga nisbatan qator huquqlar, jumladan tasdiqlash, kirish, tuzatish, o‘chirish, rozilikni qaytarib olish va shikoyat berish huquqlariga egasiz. Biz sizning huquqlaringizni to‘liq tushunamiz va hurmat qilamiz. Shuningdek, biz huquqlaringiz samarali himoya qilinishini ta’minlash uchun faol choralarni ko‘ramiz. Biroq shuni tushuning va unutmangki, xavfsizlik maqsadida sizning so‘rovingizni ko‘rib chiqishdan oldin sizning shaxsingizni tasdiqlashimiz kerak bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, sizning qonuniy va asosli so‘rovingiz uchun biz haq olmaymiz, lekin tegishli hollarda so‘rrovlar soni asosli limitdan oshib ketadigan takroriy so‘rovlar uchun ma’lum miqdorda haq olamiz. Biz asossiz ravishda takrorlanadigan, haddan tashqari ko‘p texnik vositalarni talab qiladigan (masalan, yangi tizimlarni ishlab chiqish yoki mavjud amaliyotlarni tubdan o‘zgartirish), boshqalarning qonuniy huquqlariga xavf tug‘diradigan yoki umuman real bo‘lmagan yoki qonunda belgilangan majburiy qoidalarni buzadigan so‘rovlarni rad etishimiz mumkin.

6.1 Tasdiqlash va kirish huquqi: Shaxsiy ma’lumotlarni qanday to‘plashimiz va qayta ishlashimiz haqida ushbu Maxfiylik siyosatida yoki ma’lum bir mahsulot yoki xizmatning maxfiylik siyosati yoki bildirishnomasi ko‘rinishida xabar beramiz. Siz bunday ma’lumot to‘plash va qayta ishlashni belgi (galochka) qo‘yiladigan katakcha yoki boshqa usullar orqali tasdiqlash yoki rad etishga haqlisiz. Ammo, rad etgandan so‘ng, foydalanishga ruxsat va rozilik berishingizni talab qiladigan ba’zi funktsiyalardan foydalana olmasligingiz mumkin. Siz bizga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlaringizga mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimiz interfeysidan bevosita kirishingiz mumkin. Kirish imkoni bo‘lmaganlar uchun siz privacy@transsion.com elektron pochta manziliga xabar yuborishlari mumkin. Sizning elektron pochta xabaringizni olganingizdan so‘ng, biz uni tezda ko‘rib chiqamiz.

6.2 Tuzatish va o‘chirish huquqi: Shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘zgartirilganda yoki biz to‘plagan va qayta ishlagan shaxsiy ma’lumotlaringiz noto‘g‘ri yoki to‘liq emasligini aniqlasangiz, bizdan tuzatishlar yoki qo‘shimchalar kiritishimizni so‘rashga haqlisiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizning ma’lum qismlarini tegishli mahsulot / xizmat funksiyalari sahifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘g‘rilashingiz yoki o‘zgartirishingiz mumkin. Agar biz to‘plagan shaxsiy ma’lumotlar ularni to‘plashdan ko‘zlangan maqsadni bajarib bo‘lgan bo‘lsa yoki endi ular kerak bo‘lmasa yoki bizning shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash va qayta ishlashimiz tegishli qonunlar va me’yorlar bandlariga yoki ushbu Maxfiylik siyosatiga zid, deb hisoblasangiz, siz tegishli shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirishimizni so‘rashga haqlisiz. Sizga tuzatish yoki o‘chirish uchun kanal taqdim etilmagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish uchun privacy@transsion.com elektron pochta manziliga murojaat qilib, ularni tuzatishni yoki o‘chirishni so‘rashingiz mumkin.

6.3 Rozilikni qaytarib olish huquqi: Turli xil mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizning tegishli funksiyalarini amalga oshirish uchun biz zaruriy shart sifatida shaxsiy ma’lumotlarni talab qilamiz. Bu ushbu Maxfiylik siyosatidagi "Shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘playmiz va ulardan qandayfoydalanamiz" bo‘limida tasvirlangan. Ma’lumotni o‘chirish, qurilma funksiyalarini o‘chirib qo‘yish va rozilikni qaytarib olish orqali siz ma’lum bir maqsad uchun ilgari o‘zingiz bergan roziligingizni bekor qilishingiz mumkin, shu jumladan biz boshqaradigan yoki nazorat qiladigan shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash, ishlatish va / yoki oshkor qilishga bergan roziligingizni ham. Agar rozilikni qaytarib olish usuli ma’lum bir mahsulot yoki xizmatning maxfiylik siyosatida yoki bildirishnomasida aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, unga muvofiq ish tuting. Agar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tegishli so‘rovni privacy@transsion.com elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

6.4 Shikoyat qilish huquqi: Siz privacy@transsion.com elektron pochta manziliga maktub yuborib bizga shikoyat taqdim qilish huquqiga egasiz. Shikoyatingizni olgandan so‘ng tezda javob beramiz. Agar siz bizning javobimizdan qoniqmasangiz, ayniqsa shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashimiz sizning qonuniy huquqlaringiz va manfaatlaringizga zarar yetkazsa, siz shikoyatingizni yoki bildirgingizni shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tegishli mahalliy organga taqdim qilishingiz yoki tegishli sudga da’vo taqdim qilishingiz mumkin.

VII.  Biz bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini qanday ishlatamiz

Bolalarga (bola hisoblanadigan yosh chegarasi turli mamlakatlar yoki mintaqalar qonunlarida turlicha belgilangan, biz bola hisoblanadigan yosh chegarasini asosan biznes joylashgan mamlakat yoki mintaqa qonunlari va qoidalariga asoslanib belgilaymiz) bizning mahsulot yoki xizmatlarimizdan foydalanishga ruxsat berilmaydi, agar ularning qonuniy vakillarining roziligi bilan va ularning nazorati ostida foydalanmasalar va tegishli qonunlar va me’yorlarda bu ruxsat etilmagan bo‘lsa. Umuman, biz bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini jadal ravishda to‘plamaymiz. Biz bolaning shaxsiy ma’lumotlarini faqat qonun bilan ruxsat etilgan darajada va ularning ma’lumotlarini to‘plashga bolaning vasiysi aniq ruxsat va rozilik bergan bo‘lsa va bunday ma’lumotni to‘plash mutlaqo zarur bo‘lganda, to‘playmiz, foydalanamiz va oshkor qilamiz. Agar istalgan vaqtda vasiy uning qaramog‘i ostidagi bolaga tegishli shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni o‘zgartirish yoki o‘chirishi zarur bo‘lsa, bu yerda bayon qilingan aloqaga chiqish usullaridan biri orqali biz bilan bog‘laning va biz o‘z vaqtida javob beramiz. Agar siz bolaning ma’lumotlari bizga qonuniy vakilning xabardorligisiz berilgan, deb hisoblasangiz, biz bilan bog‘lanish uchun privacy@transsion.com elektron pochta manziliga xabar yuboring. Biz tegishli ma’lumotlarni imkon qadar tezroq olib tashlaymiz. Agar tasdiqlangan vasiyning oldindan roziligisiz bolaning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plaganimizni aniqlasak, biz tegishli ma’lumotni imkon qadar tezroq olib tashlash uchun choralar ko‘ramiz.

VIII.  Uchinchi tomon xizmat ko‘rsatuvchilar va xizmatlar

INFINIX mahsulotlaridan yoki xizmatlaridan foydalanganingizda, siz uchinchi tomon veb-saytlariga yoki bizdan bo‘lmagan uchinchi tomonlar tomonidan taqdim etilgan kontent va xizmatlariga havolalarni olishingiz mumkin. Uchinchi tomon veb-saytlariga, mahsulotlariga va xizmatlariga tashrif buyurish yoki ularning qabul qilish o‘z ixtiyoringizda. Bizning Maxfiylik siyosatimiz uchinchi tomon tomonidan taqdim etiladigan mahsulot va xizmatlarga taalluqli emas. Biz uchinchi tomonlarni yetarli darajada nazorat qilish imkoniyatiga ega emasligimiz sababli, biz shaxsiy ma’lumotlaringizning uchinchi tomon tomonidan to‘planishi va qayta ishlanishi uchun javobgar bo‘la olmaymiz. Shuning uchun, siz biror bir ma’lumotni uchinchi tomonga taqdim etishda uchinchi tomonning maxfiylik siyosatini diqqat bilan tushunib oling va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishda ehtiyot bo‘ling.

IX.  Siyosatni to‘ldirish va yangilash

Ushbu Siyosatda asosan siz INFINIX mahsulotlaridan yoki xizmatlaridan foydalanganda shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday yig‘ishimiz, qayta ishlashimiz, saqlashimiz va uzatishimiz tushuntiriladi. Ammo shuni urg‘ulash va yana bir bor ta’kidlash kerakki, mahsulotimiz va xizmatlarimiz sonining juda ko‘pligi bois, ma’lumotlarni to‘plash usullari, to‘plash turlari, ulardan foydalanish va qayta ishlash usullari va oshkor qilish shakllarining hammasi ham ushbu Siyosatda to‘liq bayon qilinmagan bo‘lishi mumkin. Sizga muayyan mahsulot yoki xizmatning maxfiylik siyosati yoki bildirishnomasi orqali yoki boshqa usullar orqali bu haqida xabar berishimiz mumkin.

Bizning biznesimiz rivojlanib, biz taqdim etayotgan mahsulotlar yoki xizmatlar o‘zgarishi bilan biz ushbu Siyosatni vaqti-vaqti bilan yangilash yoki o‘zgartirib borish huquqini o‘zimizda saqlabqolamiz. Agar ushbu Siyosatga o‘zgartirish kiritilsa, biz sizga INFINIX rasmiy veb-sayti https://www.infinixmobility.com yoki mobil qurilmalar orqali Siyosatning eng oxirgi versiyasi to‘g‘risida xabar beramiz. Ushbu Maxfiylik siyosatidagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun bizning rasmiy veb-saytimiz va mobil qurilmalarimiz bildirishnomalariga e’tibor qarating. Garchi ushbu Maxfiylik siyosatiga sizning ochiq roziligingizsiz o‘zgartirish kiritilishi ehtimoli mavjud bo‘lsa-da, biz ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq sizning huquqlaringizni zaiflashtirmaymiz.

Bu yerda tavsiflangan TRANSSION mahsulotlari yoki xizmatlari haqidagi ma’lumot siz foydalanadigan mahsulot turiga, tizim versiyasiga yoki mahalliy qonunlar va me’yorlar talablariga qarab farq qilishi mumkin.

X.  Biz bilan qanday bog‘lanish mumkin

Agar sizda Maxfiylik siyosati yoki shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish amaliyoti to‘g‘risida savollaringiz yoki xavotirlaringiz bo‘lsa, biz bilan bog'laning:

Elektron pochta: privacy@transsion.com (Eslatma: Ushbu pochta qutisi faqat Maxfiylik siyosatimiz yoki shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishimiz bilan bog‘liq xabarlarni qabul qilish uchun foydalaniladi)

Manzil: 17-qavat, Desay binosi, No9789 Shen Nan shoh ko‘chasi, Hi-Tech parki, Nanshan okrugi, Shenchjen, Xitoy